23:08 / 09.04.2020
2 576

Andrey Sidorov eng yaxshi futbolchi deb topildi (foto)

Andrey Sidorov eng yaxshi futbolchi deb topildi (foto)
Kecha Tojikiston chempionatida 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Nodirbek Ibragimov faoliyat olib boradigan "SSKA-Pomir" jamoasi o‘z maydonida Ma’mur Ikromov, Sanjar Rixsiboyev va Andrey Sidorov to‘p tepadigan "Xo‘jand"ni qabul qildi.

Qiziqarli va gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda mehmonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, "Xo‘jand" jamoasining ilk goliga aynan yurtdoshimiz Andrey Sidorov mualliflik qildi. Bundan tashqari Sidorov yana bir golga ham assistentlik qildi.

Shu tariqa, iqtidorli futbolchi "SSKA-Pomir" - "Xo‘jand" (1:3) bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Sidorov eng yaxshi futbolchi deb topildi (foto)