20:38 / 11.04.2020
2 187

Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalar bosh murabbiylari bilan videomuloqot o‘tkazdi

Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalar bosh murabbiylari bilan videomuloqot o‘tkazdi
Xabaringiz bor, ayni paytda koronavirus pandemiyasi sabab deyarli barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari vaqtincha to‘xtatilgan. Jumladan, mamlakatimizda ham futbol mavsumi karantin sabab vaqtincha tanaffusga chiqqan.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining barcha bo‘linmalari karantin qoidalarga to‘liq rioya qilgan holda o‘z faoliyatini masofadan turib davom ettirmoqda.

Shu jumladan, terma jamoalar bo‘limi vakillari, turli yoshdagi terma jamoalar murabbiylar shtabi ham belgilangan vazifalar bo‘yicha ish olib borishyapti. O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, onlayn videomuloqot orqali amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Bugun O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalar bosh murabbiylari bilan videomuloqot o‘tkazdi. Muloqot jarayonida koronavirus sabab yuzaga kelgan ayni tanaffus, uning terma jamoalar taqvim rejasiga ko‘rsatadigan ta’siri, ushbu vaqt oralig‘ida terma jamoalarga nomzod futbolchilarning sport formasini barqaror tarzda ushlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar kabi masalalar batafsil muhokama etildi.

Har bir terma jamoa ustozi o‘z qo‘l ostidagi jamoaga nomzod futbolchilar bilan muntazam aloqada ekani haqida ma’lumot berib, murabbiylar shtabi tomonidan futbolchilar uchun uyda bajarish lozim bo‘lgan mashg‘ulotlar majmuasi ishlab chiqilgani hamda o‘yinchilar uy sharoitidagi mashg‘ulotlari xususida axborot berib borishayotgani ta’kidlandi.

Qolaversa, terma jamoalar bo‘limi karantin davri tugagach barcha yoshdagi terma jamoalar uchun zarur o‘yin hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish borasidagi ishlarni aslo to‘xtatmagani alohida qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalar bosh murabbiylari bilan videomuloqot o‘tkazdi