09:09 / 12.04.2020
2 849

Konor, Habib, Toni va Getji ishtirokida UFC musobaqasi o‘tkazish taklif etildi

Konor, Habib, Toni va Getji ishtirokida UFC musobaqasi o‘tkazish taklif etildi
Foto: Yandex Photos
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorning murabbiyi Jon Kavana yengil vazn yetakchilari ishtirokida o‘ziga xos musobaqa tashkil etishni taklif qildi.

Mutaxassis Twitter’dagi sharhlarning birida Konor Makgregor — Jastin Getji va Habib Nurmagomedov — Toni Fergyuson janglarini avgust oyidagi musobaqada o‘tkazishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu musobaqa yarim finallari bo‘ladi. Kavana finalni yil yakunida o‘tkazishni va shu orqali yengil vaznning eng kuchli vakilini aniqlashni taklif qilgan.

Qizig‘i shundaki, Kavana yengil vazn reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Dastin Poreni musobaqa ishtirokchilari qatoriga qo‘shmagan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda koronavirus sabab UFC’ning barcha musobaqalari to‘xtatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor, Habib, Toni va Getji ishtirokida UFC musobaqasi o‘tkazish taklif etildi