20:19 / 14.04.2020
3 752

«Yangi Mahrezni qo‘ldan boy bermang!» - Rossiya klublaridan Jasur Yaxshiboyevga e’tibor qaratish so‘raldi

«Yangi Mahrezni qo‘ldan boy bermang!» - Rossiya klublaridan Jasur Yaxshiboyevga e’tibor qaratish so‘raldi
Rossiyaning «Sovetskiy sport» nashri Belarus Oliy ligasida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilar haqida maqola yozarkan, Rossiya Premer-ligasi klublarini bu o‘yinchilarga e’tibor qaratishga chaqirgan.

Jasurbek Yaxshiboyev
Klubi:
«Energetik-BGU» («Paxtakor»dan ijara asosida)
Fuqaroligi: O‘zbekiston
Yoshi: 22 yosh
Pozitsiyasi: chap qanot hujumchisi
Belarus Oliy ligasi-2020: 4 o‘yin, 3 gol, 1 assist
Transfer narxi: 300 ming yevro.

«O‘zbek legioneri ehtimol mavsumning asosiy kashfiyotiga aylandi. Toshkentning «Paxtakor» klubidan ijara asosida «Energetik-BGU» safiga kelib qo‘shilgan futbolchi O‘zbekiston olimpiya jamoasi tarkibida Osiyo chempionatida to‘p surgani bois, yangi klubining yanvar oyidagi yig‘inini o‘tkazib yuborganiga qaramay, mavsumni ajoyib tarzda boshladi.

Yaxshiboyev – klassik hujumkor vinger. Tezkor, texnikali, raqibini aldashdan qo‘rqmaydi, katta tezlikda to‘pni o‘zida yaxshi saqlay oladi, ikki qanot va markazdan kuchli zarbalar yo‘llay oladi. Yana bir muhim jihati juda sovuqqon futbolchi. BATE bilan o‘yinda himoyachi va darvozabonni sovuqqonlik bilan dog‘da qoldirib, gol urgani e’tiborga molik. Yaxshiboyev o‘z jamoasining 6ta golidan 5tasida ishtirok etgani ajoyib natija.

Uni kimdir allaqachon yangi Riyod Mahrez deya atamoqda. RPL klublari bunday iqtidorni qo‘ldan boy bermang!», - deyiladi rus nashrida Jasur Yaxshiboyev haqida.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik yarimhimoyachi 3-turdan keyin 3ta gol bilan Belarus Oliy ligasi to‘purarlari safida bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yangi Mahrezni qo‘ldan boy bermang!» - Rossiya klublaridan Jasur Yaxshiboyevga e’tibor qaratish so‘raldi