19:37 / 15.04.2020
2 708

«Shomurodov - №1» - «Zenit» sobiq hujumchisi Eldorni Dzyubadan ustun qo‘ydi

«Shomurodov - №1» - «Zenit» sobiq hujumchisi Eldorni Dzyubadan ustun qo‘ydi
Artyom Dzyuba va Eldor Shomurodov
Rossiya milliy jamoasi va «Zenit» klubi sobiq hujumchisi Aleksandr Panov «Sport-Ekspress» gazetasiga intervyu berarkan, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb atadi.

«Aleksandr Kerjakov Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi uch futbolchisi deya - Yeremenko, Dzyuba va Bakayevni tanladi. Bu borada siz qanday fikrdasiz?», - deya jurnalist tomonidan berilgan savolga Panov quyidagicha javob berdi:

«Bakayev malasida qo‘shilaman. Ammo uning hali yosh ekanligi va barqaror to‘p surmayotganligi bois, ikkinchi o‘ringa qo‘yaman. Uchinchi o‘ringa esa «Lokomotiv»ning polshalik futbolchisi Krixovyakni tanlayman. Chempionatning birinchi raqamli futbolchisi esa – Shomurodov», - deya javob bergan rossiyalik taniqli sobiq hujumchi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov ushbu mavsumda 11ta goli bilan Artyom Dzyubadan so‘ng Rossiya chempionatining eng yaxshi ikkinchi to‘purari bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Shomurodov - №1» - «Zenit» sobiq hujumchisi Eldorni Dzyubadan ustun qo‘ydi