08:20 / 18.04.2020
4 151

"Paxtakor"ning yangi stadioni sig‘imi qancha bo‘ladi?

"Paxtakor"ning yangi stadioni sig‘imi qancha bo‘ladi?
Kecha "Tezkor studiya"da "Paxtakor" klubi vakillari mehmon bo‘lishdi.
Klub sport direktori Ja’far Irismetov yangi stadion haqida berilgan savolga javob qaytardi.

"Rejamizda shu 2020 yilning ikkinchi yarmida yangi stadion qurish ishlari boshlanishi kerak edi. Biroq pandemiya tufayli hozir aniq muddati noma’lum bo‘lib turibdi. Ayni paytda ikkita variant ko‘rib chiqilmoqda va rahbariyat ulardan birini tanlaydi.

Yangi stadion sig‘imi kamayish ehtimoli katta. Sababi Toshkentda muxlislar tashrifi nistaban kamroq. Shuni hisobga olib ixchamroq stadion qurish rejalashtirilmoqda. Masalan, 20 mingli stadion qurilsa va 10 ming tomoshabin kelsa futbol muhiti yuzaga keladi. Hozir "Paxtakor" stadioniga 10-12 ming muxlis kelsa tashqaridan stadion bo‘shdek tuyuladi.

Menimcha, yangi stadion sig‘imi 20 va 30 ming orasida bo‘ladi
", - deydi "Paxtakor" klubi sport direktori Ja’far Irismetov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor"ning yangi stadioni sig‘imi qancha bo‘ladi?