09:20 / 19.04.2020
2 737

Olimpiya terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich kechirim so‘radi...

Olimpiya terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich kechirim so‘radi...
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olmagani xafsalamizni pir qilgandi. Zero, uning boshchiligidagi jamoamizning Olimpiada musobaqasiga yo‘llanma olishiga ishongandik. Lekin biz o‘ylagan reja amalga oshmadi.

O‘z-o‘zidan Drulovich ham vazifa bajarilmaganidan keyin iste’foga chiqarildi. Oradan esa ma’lum fursat o‘tdi. Tabiiyki, murabbiy tanqidlarga uchradi. Bu vaqt davomida esa uning boshchiligidagi terma jamoamizda muhit yaxshi bo‘lmaganligi haqida ham fikrlar bildirildi.

Serbiyalik mutaxassis esa o‘tgan vaqt davomida yurtimizdagi ishini yanada yaxshiroq tahlil qilgan bo‘lsa ajab emas. O‘tgan vaqt davomida esa bizni unga beradigan savollarimiz to‘planib qolgandi. Shu maqsadda mutaxassis bilan bog‘lanishga erishdik. O‘z navbatida Lyubinko Drulovich saytimiz uchun vaqt ajratishga rozi bo‘lgan holda O‘zbekistondagi faoliyati, terma jamoamizning nega Olimpiadaga chiqa olmagani, kimdan kechirim so‘ragani, jamoadagi muhit va yana bir qancha masalalarda o‘z fikrlarini bildirdi.

Tez orada Drulovich haqidagi maqolani saytimiz orqali hukmingizga havola etamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiya terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich kechirim so‘radi...