12:43 / 19.04.2020
2 887

«Paxtakor» sport direktori: «Masharipovni Eron klubiga sotmaymiz, ularga bir marta futbolchi berib kuydik»

«Paxtakor» sport direktori: «Masharipovni Eron klubiga sotmaymiz, ularga bir marta futbolchi berib kuydik»
Foto: «Paxtakor» matbuot xizmati
«Paxtakor» sport direktori Jafar Irismetov jamoa hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovga bo‘layotgan qiziqishlar borasida gapirdi.

«Masharipov borasida juda ko‘plab takliflar kelib tushadi — har hafta, har oy. Biroq hozirda u «Paxtakor»ga kerak, biz Chempionlar Ligasida natija ko‘rsatmoqchimiz. Shu bilan bir qatorda futbolchining kelajagiga ham xalal bermoqchi emasmiz. Ya’ni unga Yevropaning yaxshi klubidan taklif tushadigan bo‘lsa, buni ko‘rib chiqishga tayyormiz.

«Istiqlol»dan taklif bo‘ldimi? Eronning juda ko‘p jamoalaridan taklif bo‘ldi. Biroq uni aynan «Istiqlol»ga bermaymiz. Sababi Ismoil Gonsalveshni ularga transfer qilib, kuydik desak ham bo‘ladi. Kuydik desam xato bo‘lar, ammo «Istiqlol» hali ham transfer pulini to‘lagani yo‘q. Eron klublari bilan ishlashni xohlamasdik, ularning ko‘pchiligi juda g‘irrom ish qiladi. Shuningdek, menimcha, Masharipov uchun Eron chempionatiga o‘tish ortga chekinish bo‘ladi
», — deydi Irismetov «Tezkor studiya» dasturida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» sport direktori: «Masharipovni Eron klubiga sotmaymiz, ularga bir marta futbolchi berib kuydik»