15:30 / 19.04.2020
2 046

Anzur Ismoilov: «Yordamim kerak bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasiga qaytishga tayyorman»

Anzur Ismoilov: «Yordamim kerak bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasiga qaytishga tayyorman»
Foto: FC «Lokomotiv»
«Paxtakor» klubi himoyachisi Anzur Ismoilov «Tezkor studiya» dasturida O‘zbekiston terma jamoasiga qaytishga tayyor ekanini bildirdi.
«Yaqinda terma jamoa ustozi Vadim Abramov yonimga kelib Yaponiya va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar bo‘lib qolsa, yuqori qavatda o‘ynaydigan himoyachiga ehtiyoj bo‘lishini va yordamim kerakligini aytdi. Men esa agar yordamim kerak bo‘lsa qaytishga tayyorligimni aytdim. Foydam tegadigan bo‘lsa, terma jamoaga qaytishga tayyorman», — deydi Ismoilov.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning sentabr oyida Ismoilov terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Anzur milliy jamoada 104 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anzur Ismoilov: «Yordamim kerak bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasiga qaytishga tayyorman»