10:39 / 22.04.2020
2 571

Shomurodovning ustozi "Lokomotiv" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

Shomurodovning ustozi "Lokomotiv" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
"Rostov" klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin faoliyatini "Lokomotiv" Moskvada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 51 yoshli mutaxassis bir necha haftadan buyon “temiryo‘lchilar” bilan muzokaralar olib bormoqda. Hozircha tomonlar kelishuvga erishganicha yo‘q.

Bundan avvalroq, “Lokomotiv”ning amaldagi bosh murabbiyi Yuriy Syomin jamoa bosh direktori Vasiliy Kiknadze bilan kelisha olmayotgani sababli mavsum yakunlangach jamoada ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

22-turdan so‘ng “Rostov” RPL musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Lokomotiv” esa jadvalning 2-pog‘onasidan joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning ustozi "Lokomotiv" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda