22:42 / 01.05.2020
2 780

«Energetik-BGU» Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi (video)

«Energetik-BGU» Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi (video)
Foto: «Energetik-BGU»
Belarus chempionatining 7-turida «Energetik-BGU» 1 may, juma kuni «Smolevichi» maydoniga safar qildi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev raqib jarima maydoniga yorib kirishga urindi, biroq unga himoyachi to‘sqinlik qildi. To‘p esa minskliklar legioneri David Tvega kelib tushdi va u darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Yaxshiboyev mezbonlar darvozaboni tomonidan to‘xtatildi. Penaltini Jasurning o‘zi muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Uchrashuvda Shahboz Umarov asosiy tarkibda maydonga tushib, 65-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa «Energetik-BGU» ketma-ket uch o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ygan holda quruq o‘yin o‘tkazdi. «Talabalar» ochkolarini 12 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Belarus Oliy Ligasi
7-tur bahsi
1 may, juma

«Smolevichi» — «Energetik-BGU» 0:2
Gollar:
0:1 — 17 Tve, 0:2 — 90+6, penalti Yaxshiboyev
«Smolevichi»: Filsov, Jevnerov, Rashenya, Barsukov, Jigero (Veras, 68), Kotov, Aleksandrovich (Alibekov, 78), Makarov, Butarevich, Po, Muxamedov (Turik, 60).
«Energetik-BGU»: Lesko, Yudchis (Girs, 64), Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboyev, Umarov (Bakich, 65), Tve, Musaxanyan (Sovpel, 56).
Ogohlantirishlar: Kotov (20), Rashenya (34), Svirepa (70), Girs (88), Turik (89), Filsov (90).
Chetlatishlar: Svirepa (84), Kotov (86).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Energetik-BGU» Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi (video)