23:10 / 01.05.2020
2 492

UYEFA Yevropa Ligasi reglamentiga o‘zgartirish kiritdi

UYEFA Yevropa Ligasi reglamentiga o‘zgartirish kiritdi
Foto: UYEFA
UYEFA ijroqo‘mi 30 aprel kuni yig‘ilish o‘tkazgan va 2020/21 yilgi Yevrokuboklar bilan bog‘liq qaror chiqardi.
Gap shundaki, mamlakatlarda ichki kubok uchrashuvlarining yakunlanmay qolishi Yevropa Ligasi reglamentida ko‘zda tutilmagan. Bu vaziyat koronavirus sabab futbol uchrashuvlari muddatidan avval yakunlangan Niderlandiya va Fransiya bilan sodir bo‘ldi hamda boshqa ligalarda kuzatilishi mumkin.

Buning natijasida kubok sohiblari aniqlanmay qoladi. Ma’lumot uchun, bir qancha mamlakatlarda kubokni qo‘lga kiritgan jamoalar Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Qarorga ko‘ra, reglamentdan mazkur band olib tashlanadi. Agar kubok sohibini sport tamoyillari orqali aniqlashning iloji bo‘lmasa yoki kubok finali o‘tkazilmay qolsa, ushbu mamlakatda yo‘llanma musobaqa jadvaliga asoslangan holda taqdim etiladi.
UYEFA bu qaror borasida mintaqaning barcha federatsiyalarini ogohlantirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
abdu
abdu 6 мая 2020 04:48
Tezroq echl boshlansin
Yangiliklar » Sport » UYEFA Yevropa Ligasi reglamentiga o‘zgartirish kiritdi