13:12 / 08.05.2020
3 235

Mayk Tayson ortidan 57 yoshli Evander Holifild ham ringga qaytishini e’lon qildi

Mayk Tayson ortidan 57 yoshli Evander Holifild ham ringga qaytishini e’lon qildi
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Evander Holifild ringga qaytayotganini ma’lum qildi.
Amerikalik afsonaviy bokschi bir nechta ko‘rgazmali jangda ishtirok etadi va shu yo‘l bilan xayriya aksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

«Tayyormisiz? Siz kutgan palla. Chempion qaytdi! Ringga qaytayotganimni e’lon qilishni xohlardim. Men buyuk ish uchun ko‘rgazmali janglarda ishtirok etaman», — deya yozadi 57 yoshli bokschi.

Holifild professional boksda 57 jang o‘tkazib ularning 44 tasidagi g‘alaba qozongan va o‘n marta mag‘lub bo‘lgan. Shuningdek, u ikkita durang qayd etgan va yana bir jang natijasi bekor bo‘lgan.

Avvalroq 53 yoshli Mayk Tayson ringga qaytayotgani va ko‘rgazmali janglarda ishtirok etishini ma’lum qilgandi. Keyinroq uning murabbiyi Tayson va Holifild ishtirokidagi uchinchi jang o‘tkazilishiga shama qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson ortidan 57 yoshli Evander Holifild ham ringga qaytishini e’lon qildi