23:10 / 08.05.2020
2 247

FIFA jamoalarga 5tadan futbolchi almashtirishga ruxsat berdi

FIFA jamoalarga 5tadan futbolchi almashtirishga ruxsat berdi
Foto: EPA/Vostock-photo
Xalqaro Futbol federatsiyasi futbol qoidalariga vaqtinchalik o‘zgarish kiritilganini e’lon qildi.
Endi jamoalarga bir o‘yinda 5ta futbolchi almashtirishga ruxsat berildi. Bu qoidani joriy qilish masalasini har bir liga mustaqil ravishda hal qiladi.

Ammo, vaqt cho‘zilishining oldini olish maqsadida, klublar o‘yin davomida 3 nafar futbolchini, qolganini esa tanaffus vaqtida almashtirishi mumkin.
Agar 2ta klub bir vaqtda futbolchi almashtirsa, bu har bir klub uchun 3ta almashtirishdan 1ta imkoniyat deb baholanadi.

Foydalanilmagan almashtirishlardan qo‘shimcha vaqtlarda foydalanish mumkin bo‘ladi. Teskari almashtirishlar (zaxiraga olingan futbolchini yana maydonga tushirish) mumkin emas.

Yangi qoidalardan endi boshlangan ligalarda yoki koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan va 2020 yil 31 dekabrgacha tugatilishi lozim bo‘lgan ligalarda foydalanish mumkin.

Koronavirus pandemiyasi jahon sportini to‘xtatib qo‘ydi. Ayni vaqtda sport musobaqalarining aksar qismi tanaffus olgan. Futbol bo‘yicha milliy chempionatlar tashkilotchilari keyinroq turnirlarni qanday davom ettirish masalasini muhokama qilishmoqda. Rejaga ko‘ra, joriy mavsumning tugallanish bosqichi keyingi mavsum startiga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak bo‘ladi. Belgiya, Niderlandiya, Fransiya chempionatlari muddatidan oldin mavsumni yakunlab, chempion nomini e’lon qilib bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA jamoalarga 5tadan futbolchi almashtirishga ruxsat berdi