22:53 / 08.05.2020
2 915

Jasur Yaxshiboyevning dubli «Energetik-BGU»ga peshqadam ustidan g‘alabani taqdim etdi

Jasur Yaxshiboyevning dubli «Energetik-BGU»ga peshqadam ustidan g‘alabani taqdim etdi
Foto: «Energetik-BGU»
Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 8-turida «Energetik-BGU» 8 may, juma kuni «Slutsk» maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev mezbonlar darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Jasur yana bir 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etgan holda dublni rasmiylashtirdi.

41-daqiqada «Slutsk» Umar Balaning golidan keyin hisob qisqardi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida minskliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi: Ayk Musaxanyan ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatildi. Biroq qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi. O‘yin so‘nggida Yaxshiboyev het-trik qayd etishi mumkin edi, biroq birga-bir vaziyatda uning zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi.

Uchrashuvda Yaxshiboyev to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, asosiy tarkibda maydonga tushgan Shahboz Umarov bir bo‘lim o‘ynadi.
Shu tariqa, «talabalar» ochkolarini 15 taga yetkazib olgan holda ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi. «Slutsk» esa 16 ochko bilan hozircha peshqadamlikni saqlab turibdi.

Belarus Oliy Ligasi
8-tur bahsi

«Slutsk» — «Energetik-BGU» 1:2
Gollar:
0:1 – 17, penalti Yaxshiboyev, 0:2 – 28, penalti Yaxshiboyev, 1:2 – 41 Umar Bala.
«Slutsk»: Pankratov, Trubilo, Obrazov, Chebotayev, Krivulkin, Koanda, Takulov, Kozlov, Umar Bala, Salu, Sirima (Serdyuk, 70).
«Energetik-BGU»: Lesko, Yudchis, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboyev, Umarov (Bakich, 46), Tve, Musaxanyan.
Ogohlantirishlar: Musaxanyan (26), Trubilo (28), Tve (42), Bakich (67).
Chetlatish: Musaxanyan (71).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Yaxshiboyevning dubli «Energetik-BGU»ga peshqadam ustidan g‘alabani taqdim etdi