16:51 / 11.05.2020
3 179

Jastin Getji: Habib Nurmagomedov bilan jang qilishni xohlayman

Jastin Getji: Habib Nurmagomedov bilan jang qilishni xohlayman
Foto: UFC
UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni nokautga uchratgan g‘alabani qo‘lga kiritgan Jastin Getji yengil vaznning mutlaq chempioni Habib Nurmagomedovni jangga chorladi.

«Fergyuson — haqiqiy yirtqich. Uning o‘rnida bo‘lib qolmaslikni va bunchalik ko‘p zarba o‘tkazishni xohlamasdim. Habib? Ha, men u bilan jang qilishni xohlayman. Bu men xohlaydigan yagona jang», — deydi Getji.

Eslatib o‘tamiz, Getji Fergyusonga qarshi jang orqali UFC’ning yengil vazndagi vaqtinchalik chempion maqomini qo‘lga kiritdi. Endi sportchi Habibga qarshi bemalol jang qilish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, Jastin Getji MMA’dagi faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alaba qozongan. Ikkita jangda esa mag‘lubiyatga uchragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jastin Getji: Habib Nurmagomedov bilan jang qilishni xohlayman