08:45 / 12.05.2020
2 933

Jasur Yaxshiboyev: Arveladze bilan kelisha olmayman, Yevropaga ketmoqchiman

Jasur Yaxshiboyev: Arveladze bilan kelisha olmayman, Yevropaga ketmoqchiman
Belarusning "Energetik-BGU" klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboyev mahalliy OAVga intervyu berdi. U ushbu suhbat davomida Arveladze bilan kelishmovchilik bois "Paxtakor"ga qaytmoqchi emasligini ta’kidladi.

"Yevropaga ketishni istayman. Qolaversa, "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze bilan o‘rtamizda tushunmovchilik bor. U meni zaxiraga olganda, u bilan salomlashmaganman. Barchasi shundan boshlangan. Shundan so‘ng zaxira o‘rindig‘ida qola boshladim. Maydonga tushsam ham so‘nggi 10-15 daqiqaga tushdim. Bu vaqt oralig‘ida nimaga ulgurish mumkin?

Shu tariqa, to‘pni his qilishni, o‘yin tempini, sport formamni yo‘qotdim. To‘pni qabul qilib olganimda, uni nima qilish kerak ekanligini eslay olmadim. Yaxshi o‘ynay boshlasam ham kelgusi uchrashuvda zaxirada qolaverdim. Bu katta tushkunlikka olib keladi.

Hozir "Energetik-BGU"da barchasi boshqacha. Murabbiylar menga ishonch bildirmoqda. O‘zimni jamoaga kerakli va foydali, deb his qila boshladim. Ularning ishonchini oqlashga harakat qilyapman
", - dedi Yaxshiboyev.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Belarus chempionatida 8 bahsda maydonga tushdi va 6 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Yaxshiboyev: Arveladze bilan kelisha olmayman, Yevropaga ketmoqchiman