17:43 / 12.05.2020
2 981

Habib Getjiga: Ortingda doim och sherlar bo‘ladi, biroq men o‘q uzilishidan avval yiqilmayman

Habib Getjiga: Ortingda doim och sherlar bo‘ladi, biroq men o‘q uzilishidan avval yiqilmayman
Foto: Twitter / @teamkhabib
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov yangi da’vogar Jastin Getjiga murojaat qildi.
«Bu sportda va ayniqsa ushbu vazn toifasida ortingda har doim och sherlar bo‘ladi. Biri ketadi va boshqasi keladi, bu yerda hayron qolarli joyi yo‘q. Biroq men o‘q uzilishidan avval yiqilmayman. Biz hali jang qilamiz», — deya yozadi Nurmagomedov.

Getji UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni beshingchi raundda nokautga uchratdi va Habibga qarshi jang qilish uchun asosiy da’vogarga aylandi. Jangdan so‘ng Jastin Habibga qarshi oktagonga chiqish niyati jiddiy ekanligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Getjiga: Ortingda doim och sherlar bo‘ladi, biroq men o‘q uzilishidan avval yiqilmayman