18:18 / 12.05.2020
4 493

Mayk Tayson nima sababdan ringga qaytayotganligini aytdi

Mayk Tayson nima sababdan ringga qaytayotganligini aytdi
Foto: Twitter
Professional boksning og‘ir vazn toifasida jahonning sobiq mutlaq chempioni Mayk Tayson ringga qaytishi haqida gapirib o‘tdi.
«Hozirda o‘zimda shiddatni his qilyapman. Jang ma’budlari meni uyg‘otib yubordi. Ular ichimda olov yoqdi va men yana urushga ketishni xohlayman.
Faraz qiling: agar men yana ringga chiqib, jang qilsam, u holda muhtoj odamlar va hayvonlarga yordam bera olaman. Mana mening asosiy maqsadim
», — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 53 yoshli sobiq bokschi ringga qaytishi va bir nechta ko‘rgazmali jangda ishtirok etishi xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson nima sababdan ringga qaytayotganligini aytdi