15:50 / 13.05.2020
4 017

Habib Nurmagomedov hamda Jastin Getji o‘rtasidagi jang qachon bo‘lishi ma’lum qilindi

Habib Nurmagomedov hamda Jastin Getji o‘rtasidagi jang qachon bo‘lishi ma’lum qilindi
Foto: MMA Junkie
UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov hamda ushbu vaznning vaqtinchalik chempioni Jastin Getji o‘rasidagi jang yozda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

«Nurmagomedov—Getji jangi yozda bo‘lib o‘tishini kutyapman. Ular o‘rtasidagi to‘qnashuv Janglar oroli (Kanadada joylashgan) bo‘lib o‘tadi. Bu u yerdagi birinchi musobaqa bo‘ladimi yoki ikkinchi, buni hozircha aniq bilmayman. Agar sport sohasida qandaydir mo‘’jiza yuz bermasa va musobaqalarga ruxsat berilmaydigan bo‘lsa, jang aniq men kutayotgan vaqtdan oldin bo‘lmaydi», — deydi UFC rahbari Uayt.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov iyul oyida navbatdagi jangini o‘tkazish niyatida ekanligini aytgandi. Toni Fergyuson ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Getji ham faqatgina Habib Nurmagomedov bilan jang qilishni xohlayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov o‘zining so‘nggi jangini 2019 yil 7 sentabrida Dastin Porega qarshi o‘tkazib, raqibini muddatidan avval taslim qilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov hamda Jastin Getji o‘rtasidagi jang qachon bo‘lishi ma’lum qilindi