22:28 / 13.05.2020
2 789

"Lokomotiv" legioneri o‘zbek va shved futbolini taqqosladi

"Lokomotiv" legioneri o‘zbek va shved futbolini taqqosladi
"Lokomotiv"ning rossiyalik hujumchisi Kirill Pogrebnyak klub rasmiy saytiga intevryu berdi. Faoliyati davomida Shvetsiyaning "Falkenberg" klubida to‘p surgan 27 yoshli forvard shved va o‘zbek futboli o‘rtasidagi tafovutni ham ta’kidladi.

"O‘zbekistonda endi 3 ta o‘yinda qatnashdim, shu boisdan ishonch bilan nimanidir gapira olmayman. Shvetsiya futboli haqida gapiradigan bo‘lsam, u yerda uchta kuchli jamoa bor, qolganlar esa unchalik darajada kuchli emas. Hissiyotlar nuqtai nazaridan, Shvetsiyada men huddi Rossiya Premer-ligasida o‘ynayotgandek bo‘ldim. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, FNLning ayrim jamoalarini inobatga olmasak, Premer-ligadan farqi yo‘q.

Bu reklama, marketing va futbol atrofida bo‘layotgan boshqa ishlarga ham tegishli. Yaxshi maydonlar va muxlislar. Barchasi futbol o‘yini uchun bo‘layotgandek hissiyot beradi. Muxlislar ham teatrga emas, aynan futbol o‘yiniga kelgandek kelishadi. Shunchaki zavq olish va lazzatlanish kerak.

O‘zbek futboli haqida fikrlarim boshqacharoq. Yashirmayman, o‘tgan uy o‘yinda muxlislar xuddi teatrga kelganidek taassurot uyg‘otdi. Bu yerda barchasi boshqacha ekan. Futbol darajasi haqida gapiradigan bo‘lsam, u shved futbolidan kuchsiz emas. Har bir jamoada individual kuchli futbolchilar bor
", - dedi Pogrebnyak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" legioneri o‘zbek va shved futbolini taqqosladi