13:13 / 15.05.2020
2 395

Jasur Yaxshiboyev to‘p tepadigan «Energetik-BGU»ning ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi. Ulardan biri legioner

Jasur Yaxshiboyev to‘p tepadigan «Energetik-BGU»ning ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi. Ulardan biri legioner
Belarusning «Energetik-BGU» klubi ikki nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi.

«Metaratings.by»ning xabar qilishicha, minskliklarning bir nafar mahalliy va bir nafar legionerida koronavirus aniqlangan. Hozircha ularning nomi oshkor etilmagan. Shunga qaramay jamoa chempionatdan chetlatilmaslik uchun futbolchilarni testdan o‘tkazmoqchi emas. Kasallanganlar individual ravishda davolanadi.

Shuningdek, «Isloch» klubida ham koronavirus yuqtirib olish holati kuzatilgan. Bir futbolchining tahlili virusga ijobiy natija bergan, yana bir futbolchi shubha ostiga olingan. Shu sabab jamoa 10 kun davomida izolyatsiyaga olinadi, biroq bu chempionatning davom etishiga xalal bermaydi.

Avvalroq futbolchilarida koronavirus aniqlangan Belarus klublarining o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Energetik-BGU» jamoasida o‘zbekistonlik ikki nafar futbolchi — Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov harakat qiladi. Ma’lumot uchun, «talabalar» safida Umarov va Yaxshiboyevdan tashqari Mavatu Jeremi, Dias Viktor, Tve Devid, Atemeng Junior, Dushan Bakich kabi xorijlik futbolchilar to‘p tepadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Yaxshiboyev to‘p tepadigan «Energetik-BGU»ning ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi. Ulardan biri legioner