18:47 / 15.05.2020
2 357

Shomurodov va O‘runov o‘ynaydigan chempionat qachondan davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi

Shomurodov va O‘runov o‘ynaydigan chempionat qachondan davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi
Rossiya Premer-ligasi 21 iyun kunidan davom ettiriladi. Chempionatni davom ettirish qarori Rossiya futbol ittifoqi ijroqo‘mining bugungi yig‘ilishida qabul qilindi.

Tashkilotning "Twitter"dagi akauntida yozilishicha, klublarga 5 ta o‘zgarish qilishga ruxsat beriladi. Rossiya futbol ligasi (FNL) va Professional futbol ligasi (PFL) bahslari esa yakunlandi. RPLda 15 va 16-o‘rinni egallagan jamoalar FNLga tushsa, quyi ligada dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar Premer-ligaga yo‘llanma oladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu chempionatda o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov ("Rostov") va Oston O‘runov ("Ufa") faoliyat olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov va O‘runov o‘ynaydigan chempionat qachondan davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi