15:25 / 17.05.2020
2 611

Davron Fayziyev: Mbappeni Xolanddek qahramon bo‘lish imkonidan mahrum qilishdi

Davron Fayziyev: Mbappeni Xolanddek qahramon bo‘lish imkonidan mahrum qilishdi
Xabaringiz bor, kecha Germaniya chempionati 26-turidan davom ettirila boshlandi. Turning markaziy o‘yini "Borussiya D" - "Shalke" o‘rtasida kechdi. Uchrashuvda Erling Xoland to‘xtab qolgan liganing dastlabki golini urdi. Ushbu voqelikka taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi.

- Germaniyada birinchi gol urildi. "Borussiya" Dortmund urdi. "Shalke" darvozasiga.

Qaytayotgan Yevropa futbolida aynan Xoland gol urgani ham bejiz emasdek. Dunyo pandemiyagacha va undan keyingi ikki xil davrga bo‘lingan holatida, o‘sha keyingi era vakili sifatida Erling Xoland futbol kelajakda, albatta, qaddini tiklashini ko‘rsatgandek. Masalan, Mbappeni bunday tarzda qahramon bo‘lish imkonidan mahrum qilishdi, - deya yozib qoldirdi Davron Fayziyev.


"Shalke"ga qarshi o‘yinda Xoland 29-daqiqada hisobni ochgandi. Keyinroq Gerreyru 2 marta va Azar bir bor darvozani ishg‘ol qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: Mbappeni Xolanddek qahramon bo‘lish imkonidan mahrum qilishdi