03:00 / 18.05.2020
2 747

Kellini: Serxio Ramosning Chempionlar Ligasi finalida Salohga ishlatgan qo‘polligi — daholik namunasi

Kellini: Serxio Ramosning Chempionlar Ligasi finalida Salohga ishlatgan qo‘polligi — daholik namunasi
Foto: Getty Images
«Yuventus» himoyachisi Jorjio Kellini «Real» sardori Serxio Ramosni jahonning eng yaxshi himoyachisi deb atadi.
Shuningdek, u Ramosning Yevropa Chempionlar Ligasi 2017/18 yilgi mavsumi finalida Muhammad Salohga nisbatan ishlatgan qo‘polligiga izoh berdi. Birinchi bo‘limdagi to‘qnashuvdan so‘ng misrlik futbolchi qo‘lini sindirib olgan va maydonni erta tark etgandi.

«Ramos — dunyoning eng yaxshi himoyachisi. Ta’riflarga ko‘ra, uning texnikasi yaxshi, harakatlari chaqqon, taktikaga rioya qilmaydi, buning natijasida har mavsumda 8-10 ta gol uning aybi bilan bo‘ladi va u hujumchi bo‘lishi ham mumkin edi. Bu tavsiflar mening butkul aksim.

Biroq u hech kimda yo‘q ikkita xususiyatga ega. Serxio katta o‘yinlarda muhim rol o‘ynashni biladi. Uning harakatlarini oldida mantiq ham ojiz qoladi, u qandaydir iblisona ayyorlik bilan raqibiga jarohat yetkazishi mumkin.

Uning 2018 yilgi Chempionlar Ligasi finalida Saloh nisbatan ishlatgan qo‘polligi, shunchaki daholik namunasi. Ramos har doim buni atayin qilmaganini ta’kidlaydi. Biroq bunday yiqilayotgan paytda raqibni qo‘yib yubormaslik 10 holatdan to‘qqiztasida qo‘lning sinishi bilan yakun topishini u juda yaxshi biladi
», — deydi Kellini.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kellini: Serxio Ramosning Chempionlar Ligasi finalida Salohga ishlatgan qo‘polligi — daholik namunasi