22:50 / 19.05.2020
1 958

Vadim Abramov: Chempionatni dekabrgacha cho‘zish mumkin-ku, qishgacha o‘ynasak bo‘ladi

Vadim Abramov: Chempionatni dekabrgacha cho‘zish mumkin-ku, qishgacha o‘ynasak bo‘ladi
Bir necha kun avval karantindan keyingi futbol borasida sport jurnalistlari va sharhlovchilarning fikr-mulohazalarini taqdim etgandik. Endi esa murabbiylarning qarashlari va taxminlarini havola qilamiz.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi hamda Superligada faoliyat yuritayotgan bir qator mutaxassislar karantindan keyingi o‘zbek va xorij futboli, undagi o‘zgarishlar, Superligani qanday o‘tkazish bo‘yicha taklif, Yevropada chempionatlarning davom etishi nimaga bog‘liqligi, ligalarda chempionni kay tarzda aniqlash xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishdi. Dastlab O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramovning qarashlari bilan tanishishingiz mumkin.

- Futbol hamma narsaga o‘xshab qaytishi kerak. Koronavirus bilan bog‘liq savollar bisyor. Ma’lumki, juda ko‘p taniqli insonlar kasallikka chalinib, tez tuzaldi. Futbolchilar yosh bo‘lgani sababli men televizor va radiolarda aytilayotganchalik qo‘rqinchli, deb hisoblamayman. Shuning uchun futbol har bir faoliyat kabi qaytishi kerak, deb o‘ylayman.

Superliga masalasiga kelsak, tezlashtirilgan tartibda o‘tishi mumkin. Masalan, 2-3 kunda o‘yinlar tashkil etiladi. Hammasi qachon boshlanishiga bog‘liq, avval sanasiga aniqlik kiritish kerak. O‘ynashga ruxsat berilsa, maydonga tushamiz. Superligani dekabrgacha cho‘zish mumkin-ku, qishgacha o‘ynasak bo‘ladi.

Yevropa futbolining pulga bog‘liq tomonlarini bilmayman. G‘olibni rasmiylashtirish uchun chempionatni yakunlash lozim. Hammasi reglamentga bog‘liq, unda nechta o‘yin o‘tkazilishi kerakligi yozilgan. O‘ylaymanki, barcha chempionatlar qolgan turlarni o‘tkazadi. Kim ligani to‘xtatish kerak, deb hisoblasa, demak shunday. Har bir davlat o‘zi qaror qabul qiladi. Buni biz hal qilmaymiz.

Qaysi chempionat o‘yinlarini tugata olsa, ularda g‘oliblar aniqlanadi. Kim to‘xtatishni xohlasa, jamoalar nechanchi pog‘onada bo‘lsa, shu o‘rinlarga qarab hal qilinadi, - dedi Vadim Abramov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: Chempionatni dekabrgacha cho‘zish mumkin-ku, qishgacha o‘ynasak bo‘ladi