03:23 / 22.05.2020
3 064

Shomurodov “Rostov” yetakchisi, O‘runov ham tez orada “Ufa”ni “qo‘lga oladi”

Shomurodov “Rostov” yetakchisi, O‘runov ham tez orada “Ufa”ni “qo‘lga oladi”
Rossiyaning soccer.ru sayti mamlakat premer-ligasi klublarining eng muhim legionerlarini aniqlagan edi.
Rossiyalik mutaxassislarning fikricha, premer-liga to‘purarlari bahsida g‘oliblik uchun kurashayotgan o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov “Rostov”ning bugungi kundagi yetakchi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan.

Rossiya chempionatidagi ikkinchi vakilimiz Oston O‘runov to‘p surayotgan “Ufa” klubida esa, yetakchi legioner sifatida 2017 yildan buyon ushbu jamoa sharafini himoya qilayotgan moldovalik Ketelin Karp qayd etilgan.

Biroq Oston O‘runov “Ufa” jamoasining yangi yetakchisi bo‘lishga da’vogar. Chunki “Ufa”ga qo‘shilganidan keyin uchta o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazgan o‘zbek yigiti mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Oston ishonchli o‘yin ko‘rsatgan uchrashuvlarda “Zenit” va SSKA kabi Rossiya chempionati grandlari o‘z maydonida ufaliklarni yengolmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov “Rostov” yetakchisi, O‘runov ham tez orada “Ufa”ni “qo‘lga oladi”