08:00 / 23.05.2020
2 519

Yaponiyalik tennischi ayol bir yil davomida rekord miqdorda pul topdi

Yaponiyalik tennischi ayol bir yil davomida rekord miqdorda pul topdi
Foto: Global Look Press
Jahonning sobiq birinchi raketkasi yaponiyalik Naomi Osaka bir yilda 37,4 mln dollar pul ishlab ayollar sportida rekor o‘rnatdi, deb [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA1LzIyL3lhcG9uaXlhbGlrLXRlbm5pc2NoaS1heW9sLWJpci15aWwtZGF2b21pZGEtcmVrb3JkLW1pcWRvcmRhLXB1bC10b3BkaQ%3D%3D]xabar berdi[/leech] Forbes.

Osaka 2019 yilda amerikalik Serena Uilyamsdan 1,4 mln dollar ko‘proq daromad topdi. Ular eng ko‘p daromad topadigan sportchilar reytingida mos ravishda 29- va 33-o‘rinlarda qayd etilgan.

2016 yildan beri ilk marta Forbes sportchilar top-reytingiga ikki nafar ayol kirdi. Dunyoning eng ko‘p pul topadigan sportchilari ro‘yxati kelasi haftada e’lon qilinadi.

Osaka Yaponiyada tug‘ilgan, uch yoshligidan buyon AQSHda yashaydi. U Tokio Olimpiadasida Yaponiya nomidan qatnashishini e’lon qildi.

Osaka 2019 yil 28 yanvarda Osiyo vakillari ichida birinchi bo‘lib jahon tennis reytingida yetakchiga aylandi. U jami 25 hafta davomida jahonning birinchi raketkasi bo‘lib turdi. Tennischi hozirda WTA reytingida o‘ninchi o‘rinda turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaponiyalik tennischi ayol bir yil davomida rekord miqdorda pul topdi