16:51 / 24.05.2020
1 848

Dembelening narxi sezilarli darajada tushib ketdi

Dembelening narxi sezilarli darajada tushib ketdi
"Barselona" hujumchi Usmon Dembeleni sotib yuborish niyatida.

Fransiyalik futbolchi o‘zining transferini oqlay olmadi va shu boisdan klub rahbariyati unga katta maosh to‘lamoqchi emas. Shuningdek, futbolchining jarohatga moyil bo‘lib qolgani ham ketishning asosiy faktori bo‘lib turibdi.

"Sport.es" ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" 100 millionlik futbolchisini atigi 41 million yevroga sotib yuborishga tayyor turibdi. Hozirda Dembele uchun PSJ asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

2019/20 yilgi mavsumda Dembele "Barselona" tarkibida 9 o‘yinda qatnashib, 1 gol urdi.

Manba: Championat.asia

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dembelening narxi sezilarli darajada tushib ketdi