17:13 / 24.05.2020
2 355

“Liverpul”ning asosiy transfer nishoni aniq

“Liverpul”ning asosiy transfer nishoni aniq
“Vulverxempton” jamoasining ispaniyalik hujumchisi Adama Traore “Liverpul”ning asosiy transfer maqsadlaridin biri, deya xabar bermoqda The Sun.

“Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 24 yoshli hujumchiga shaxsan mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp qiziqib qolgan. Nashr xabariga ko‘ra, joriy mavsumda Adama “Vulverxempton” ustozi Nunu Eshpiritu Santu qo‘l ostida jismonan baquvvatligi, tezkorliki, to‘pni ajoyib muomala qilishi bilan barchani diqqatini o‘ziga qaratgan.

“Vulverxempton” futbolchining transferidan kamida 60 million yevro ishlashni maqsad qilgan. U 2018 yilning yozida “Midlsbro”dan 20 million yevro evaziga “bo‘rilar” safiga qo‘shilgandi.

Joriy mavsumda Adama Traore “Liverpul” safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 10 ta golga hammualliflik qilgan. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Liverpul”ning asosiy transfer nishoni aniq