09:00 / 25.05.2020
2 181

Messi 2016 yilda "Barselona"dan ketishni istaganini tan oldi

Messi 2016 yilda "Barselona"dan ketishni istaganini tan oldi
"Barselona" hujumchisi Leo Messi 2016 yilda jamoadan ketishni istaganini tan oldi.
O‘shanda futbolchining otasi soliq to‘lashda qalloblikka yo‘l qo‘ygani borasida ayblov qo‘yilgandi.

"O‘shanda soliq tufayli muammolar bor edi va shu sababdan "Barselona"dan ketishni istagandim. Men faqatgina "Barselona"ni emas, Ispaniyadan ketmoqchi edim. Men bilan juda yomon munosabatda bo‘lishayotgandi, shu sababli qolgim kelmayotgandi. Menga hali biror marta rasmiy taklif kelib tushmagan va shu boisdan barcha mening qolishimni biladi.

Men va oilam uchun og‘ir damlar edi. O‘tgan voqeliklar haqida odamlar ko‘p narsalarni bilishmaydi. Bolalarim ham kichkina bo‘lishgan va hech nimani tushunmagan", - dedi Messi.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi 2016 yilda "Barselona"dan ketishni istaganini tan oldi