16:22 / 25.05.2020
1 967

Zinedin Zidan karantin qoidalarini buzdi

Zinedin Zidan karantin qoidalarini buzdi
«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan koronavirus pandemiyasi davrida karantin qoidalarini buzdi, deya xabar qilmoqda Diario Sport.

Ta’kidlanishicha, fransiyalik mutaxassisni Madrid yaqinidagi qishloqda ko‘rishgan. U bir yilcha avval sotib olgan uyiga borgan.

Koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida o‘ta muhim shaxsiy sabablar bo‘lmasa Ispaniyada shaharlararo qatnovlar taqiqlangan.

Agar Zidan karantin qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilsa, uni 1500 yevro miqdoridagi jarima kutmoqda.

Mart oyida «Real» hujumchisi Luka Yovich Serbiyada karantin qoidalarini buzgan va buni mamlakat prezidenti ham tanqid ostiga olgandi.

Avvalroq Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches La Liga mavsumi 8 iyundan davom ettirilishini ma’lum qilgandi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan karantin qoidalarini buzdi