«Rossiya Premer-ligasidagi osiyolik ikki legioner hujumchi – Sardor Ozmun va Eldor Shomurodovda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlariga yo‘l olish uchun yaxshi imkoniyat bor. Ikki forvard ham Rossiyada o‘zini ko‘rsata oldi, transfer bahosi ham o‘sdi. Bu to‘purarlar Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari top-20taligidan joy olgan», - deya yozadi «Sportbox» sayti.
«Zenit»ning yetakchilaridan biri sanalmish Ozmunning Sankt-Peterburgda faoliyat boshlaganidan keyingi transfer bahosi 9 milliondan 18 million yevrogacha ko‘tarildi. Koronavirus pandemiyasi sababli esa barcha qatori pastlab – 14,5 million yevroni tashkil etmoqda. Shu narxda ham eronlik forvard Transfermarkt’ga ko‘ra, Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari ro‘yxatida 3-o‘rindan joy olgan.
24 yoshli o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning transfer bahosi esa 5,2 million yevroni tashkil etib, Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari reytingida 18-o‘rindan joy olgan. «Rostov» goleadori Rossiyaga kelganida 750 ming yevro narxlangan bo‘lsa, pandemiyadan oldin 6 million yevrogacha baholandi.
Osiyoning eng qimmat futbolchisi deya Son Xyon Min sanaladi. «Tottenhem» klubi hujumchisining transfer bahosi 64 million yevroni tashkil etgan. 2-o‘rindan «Portu»ning yaponiyalik yarimhimoyachisi Syoya Nakadzima (16 mln) joy olgan. Osiyo – transfer narxi bo‘yicha Rossiya Premer-ligasi vakillari top-20likdan joy olgan yagona qit’a», - deyiladi manbada.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov 5,2 million yevro transfer bahosi bilan O‘zbekistonning eng qimmatbaho futbolchisi sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi