14:05 / 28.05.2020
2 287

Shota Arveladze: O‘zbek futbolchilarini Yevropa klublarida ko‘rishni istayman

Shota Arveladze: O‘zbek futbolchilarini Yevropa klublarida ko‘rishni istayman
Foto: «Paxtakor»
«Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze jamoa o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘ygani haqida gapirdi.

«Osiyo Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish, klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida to‘p surishni istaymiz. O‘zbek futbolchilarini Yevropa klublariga sotishni xohlayapmiz. Bularning hech biri hozirda biz barpo qilayotgan mustahkam poydevorsiz bo‘lmaydi. Men bilan Turkiya, Gruziya, O‘zbekiston va Niderlandiyadan bo‘lgan mutaxassislar ishlamoqda. Birgalikda klub falsafasini yaratyapmiz.

Ha, biz ko‘plab sovrinlar yutdik, biroq hakam hushtagidan keyin barchasi tarixga aylanadi. Klub poydevori endi shakllanmoqda: yangi stadion, baza va akademiya qurilmoqda. Dunyoning ko‘plab top-klublari bilan ishlaydigan Double Pass kompaniyasi bilan shartnoma tuzdik. Klubning rivojiga yordam berishlari uchun ularga katta pul to‘ladik
», — deydi mutaxassis.

Arveladze 2017 yilning iyunida «Paxtakor»ni qabul qilib olgan. Mutaxassis «sherlar» bilan bronza (2017 yil) va kumush (2018) medallariga ega bo‘ldi, 2019 yilda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Gruziyalik mutaxassis 2008—2010 yillarda Niderlandiyaning AZ klubida bosh murabbiy assistenti bo‘lgan. Shundan keyin Shota Turkiyaning «Kayserispor» (2010—2012), «Qosimposho» (2012—2015) va «Trabzonspor» (2015), shuningdek, Isroilning «Makkabi Tel-Aviv» (2016—2017) jamoalarini boshqargan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: O‘zbek futbolchilarini Yevropa klublarida ko‘rishni istayman