10:35 / 29.05.2020
2 959

Shomurodovning raqobatchilari bittaga kamayadi

Shomurodovning raqobatchilari bittaga kamayadi
Rossiya premer-ligasi to‘purarlari bahsida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov bilan raqobatlashayotgan “Zenit” vakili Sardor Azmunning “Napoli”ga transferi deyarli hal bo‘ldi.

Italiyaliklar sport direktori Kristiano Juntoli bu transfer amalga oshishiga qat’iy ishonch bildirmoqda. Ayni paytda neapolliklar eronlik futbolchi uchun 25 million yevro taklif qilmoqda. “Zenit” esa 30 million yevro so‘ramoqda.

“Napoli” rahbarlari Sardor Azmun jamoadan ketishga hozirlanayotgan Arkadiush Milikni o‘rnini bosishiga ishonmoqda. 25 yoshli hujumchining o‘zi ham kuchliroq chempionatga ko‘chib o‘tish istagida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning raqobatchilari bittaga kamayadi