07:00 / 31.05.2020
2 507

Jaloliddin Masharipov: "Oldimda aniq taklif yo‘q"

Jaloliddin Masharipov: "Oldimda aniq taklif yo‘q"
Turkiya matbuoti xabarlariga ko‘ra, "Paxtakor" futbolchisi Jaloliddin Masharipovning "Trabzonspor"ga transfer ishlari davom ettirilmoqda.
Ayni damda Yevropa chempionlar ligasida o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rayotgan klubning oldidagi maqsadlari yuqori, deb yozadi "61saat.com". Shota Arveladze jamoasining asosiy tayanchi bo‘lib turgan 26 yoshli futbolchimiz "Trabzonspor"da yoshi o‘tib borayotgan Nvakayemening o‘rnini egallashi kutilmoqda.

"Yevropada o‘ynashni istayman, biroq..."
Masharipovning o‘yin uslubi Nvakayemenikiga o‘xshab ketadi: "Shota Arveladze bu yerda qanday faoliyat olib borganini yaxshi bilaman, u ham borini bergan. Biroq menga hali ham aniq taklif bilan chiqishmadi. Faqatgina mish-mishlarni eshityapman, ammo klubdagilar transfer haqida hech nima deyishmadi. Yevropaga ketishni istayman. Lekin buning uchun qaysidir klub menga taklif bilan chiqishi kerak".

Erenga vaqt kerak
"Qosimposho", "Galatasaroy" va "Goztepe" klublaridagi faoliyatidan keyin Eren Toshkentga yo‘l oldi. U haqida Masharipov shunday deydi: "Erenning faoliyati ajoyib! U tarkibimizga shu yilda keldi. Bizning madaniyatimiz va klubimizga moslashish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Uning o‘yin sifati har tomonlama chiroyli".

Shota Arveladzening o‘yin uslubi haqida
So‘nggi yillarda "Paxtakor"dagi katta o‘sishda Shota Arveladzening xizmatlari yuqori: "Undan juda ham minnatdorman. U o‘z futbolchilariga ishonch bildiradi va biror futbolchisini tashlab qo‘ymaydi. Unga biz ham qattiq ishonamiz va shu sababli g‘alabalarda o‘z hissamizni qo‘shyapmiz. U murabbiy, u doim biz uchun qayg‘uradi".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov: "Oldimda aniq taklif yo‘q"