06:30 / 31.05.2020
2 327

O‘zbekiston Superligasi qachondan davom ettirilishi ma’lum?!

O‘zbekiston Superligasi qachondan davom ettirilishi ma’lum?!
16 martdan koronavirus pandemiyasi sabab futbol musobaqalari to‘xtatilgandi.

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29 maydagi 26-sonli yig‘ilish bayoniga asosan professional futbol klublariga o‘z o‘quv-mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5 iyun kunidan O‘zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berildi. Bunda futbol uchrashuvlari tomoshabinlar ishtirokisiz o‘tkazilishi belgilandi.

PFL chempionatni davom ettirilishidan oldin futbolchilar o‘z sport formalarini tiklashi uchun bir necha kun kerak ekanligidan kelib chiqib, Superliga aynan qaysi sanadan davom ettirilishi bo‘yicha alohida ma’lumot berishini ma’lum qildi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, mashg‘ulotlarga ruxsat berilgan sanadan 14 kun o‘tib, Superliga start olishi mumkin. Aynan shu davr mobaynida futbolchilar shug‘ullanishadi va 3-tur o‘yinlaridan so‘ng to‘xtatilgan chempionatimiz 13 iyundan davom ettiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Superligasi qachondan davom ettirilishi ma’lum?!