19:23 / 31.05.2020
2 387

Lionel Messi: «Futbol va hayot endi oldingidek bo‘lmaydi»

Lionel Messi: «Futbol va hayot endi oldingidek bo‘lmaydi»
Foto: «Eurosport»
Ispaniyaning «Barselona» klubi yulduzi Lionel Messining fikricha, koronavirus pandemiyasi futbol, umuman, dunyoni o‘zgartirib yubordi.

«Bu voqealardan so‘ng dunyo qanday bo‘ladi — ko‘pchiligimiz tasavvur ham qila olmaymiz. Vaziyat favqulodda yuz berib, barchamizni dog‘da qoldirdi, oqibatda aksariyat uchun og‘ir damlar boshlandi. Pandemiya har bir kishiga ta’sir ko‘rsatdi. Odamlar yaqinlaridan, do‘stlaridan judo bo‘lishyapti, hatto ular bilan tuzukroq vidolashish imkoniyatiga ham ega emaslar. Bu adolatdan emas. Futbol ham xuddi hayotimiz singari endi oldingidek bo‘lmaydi», — «El Pais» Messidan ana shunday iqtibos keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, jahonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 6 million nafardan oshib ketdi. Lionel Messi «Barselona»da to‘p suradigan Ispaniya koronavirus qayd etilishi bo‘yicha jahondagi beshinchi mamlakatga aylandi (239 mingdan ko‘p holat).

Koronavirus pandemiyasi sababli Ispaniya chempionati mart oyida to‘xtatilgan edi. Chempionatga 11 iyun kuni qayta start berish rejalashtirilgan. Turnir jadvalini «Real Madrid»ni ikki ochkoga ortda qoldirayotgan «Barselona boshqarmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi: «Futbol va hayot endi oldingidek bo‘lmaydi»