21:19 / 31.05.2020
2 919

«Energetik-BGU» 6 ta gol urilgan o‘yinning so‘nggi soniyalarida g‘alabani qo‘ldan chiqardi

«Energetik-BGU» 6 ta gol urilgan o‘yinning so‘nggi soniyalarida g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Foto: «Energetik-BGU»
Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 11-turida «Energetik-BGU» 31 may, yakshanba kuni «Vitebsk»ni qabul qildi.
Keskin kurash va gollarga boy bo‘lgan bahsda jangovar durang qayd etildi. Uchrashuvdagi beshta gol birinchi bo‘limda urildi.

Maydon egalari safida Dushan Bakich, David Tve va Shahboz Umarov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 40-daqiqada kiritilgan to‘p o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarov uchun Belarus Oliy Ligasidagi debyut gol bo‘ldi. Mehmonlarning javob to‘plariga Diyego Santos va Ion Nikoleyesku mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida minskliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi: Yevgeniy Yudchis o‘ta qo‘pol harakati uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. O‘yinga qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyalarida Julio Sezar muvozanatni tikladi.

Uchrashuvni «Energetik-BGU»ning to‘purari Jasur Yaxshiboyev o‘tkazib yubordi. O‘zbekistonlik hujumchining sariq kartochkalari yig‘ilib qolgandi. Umarov esa 61-daqiqada zaxiraga olindi.

Mazkur durangdan so‘ng «Energetik-BGU» ochkolarini 22 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Belarus Oliy Ligasi
11-tur bahsi
31 may, yakshanba
«Energetik-BGU» — «Vitebsk» 3:3
Gollar:
0:1 – 8 Santos, 1:1 – 33 Bakich, 2:1 – 40 Umarov, 2:2 – 42, penalti Nikoleyesku, 3:2 – 44 Tve, 3:3 – 90+4 Sezar.
«Energetik-BGU»: Lesko, Mavatu, Yudchis, Miroshnikov, Svirepa, Bakich (Atemeng, 77), Nosko, Tve, Umarov (Musaxanyan, 61), Girs, Shkurdyuk.
«Vitebsk»: Gushenko, Chalov, Sezar, Skitov, Nazarenko, Matveyenko, Kalenchuk, Volkov (Fedosov, 82), Gurenko (Vasilev, 74), Nikoleyesku, Santos (Ksenofontov, 80).
Ogohlantirishlar: Santos (9), Skitov (28), Nikoleyesku (71), Mavatu (76).
Chetlatish: Yudchis (56).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Energetik-BGU» 6 ta gol urilgan o‘yinning so‘nggi soniyalarida g‘alabani qo‘ldan chiqardi