Foto: The Sun
Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua avvalroq boksga qaytishini ma’lum qilgan sobiq mutlaq Jahon chempioni Mayk Tayson bilan jang qilish istagi yo‘qligini aytdi.
«Hurmatni saqlagan holda shuni aytishim mumkin, men Tayson bilan jang qilishni xohlamagan bo‘lardim. Hatto «Temir Mayk» bilan jang qilib, uni yengan taqdirimda ham, o‘ylashimcha, bundan xursand bo‘ladigan yagona shaxs faqat men bo‘laman. Muxlislar hushtakbozligi qurshovida qolib ketaman. U — afsona va zamonamizning buyuk bokschisi.
Butun jahon faqat ikki chempionni tan olgan — Muhammad Ali va Mayk Tayson. Tayson boks olamidagi eng mashhur shaxs», — deydi Joshua.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 53 yoshli Mayk Tayson bir nechta ko‘rgazmali janglarda ishtirok etish uchun ringga qaytishini e’lon qilgandi. U professional boksda 56 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan (44 nokaut) va olti bor mag‘lubiyatga uchragan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi