11:30 / 05.06.2020
3 080

O‘zbekistonlik futbolchi Premer-ligada o‘ynaydi

O‘zbekistonlik futbolchi Premer-ligada o‘ynaydi
Rossiya Milliy futbol ligasi g‘olibi sifatida Premer-ligaga yo‘llanma olgan “Rotor” klubi moliyaviy muammolar tufayli yuqori divizionga o‘tmasligini ma’lum qilgan edi.

Oradan ozgina vaqt o‘tib, volgogradliklar muammo yechimini topdi. “Rotor” klubi bosh direktori Andrey Rekechinskiy jamoa Rossiya Premer-ligasida to‘p surishini tasdiqladi.

- “Rotor” yangi yuridik shaxs sifatida litsenziyalash jarayonini yakunlamoqda. Biz hukumat va homiylar ko‘magiga tayanamiz. Jamoa Premer-ligada o‘ynaydi, - dedi Andrey Rekechinskiy.

Ushbu jamoada O‘zbekiston terma jamoasida 72 ta uchrashuv o‘tkazgan Vitaliy Denisov to‘p suradi. Shuningdek, mashhur hujumchimiz Maksim Shatskix ham “Rotor”da katta murabbiy lavozimida ishlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik futbolchi Premer-ligada o‘ynaydi