06:00 / 08.06.2020
3 826

JCH-2022 saralash bosqichi: O‘zbekiston MTJ o‘yinlari sanasi ma’lum qilindi

JCH-2022 saralash bosqichi: O‘zbekiston MTJ o‘yinlari sanasi ma’lum qilindi
Osiyo futbol konfederatsiyasi “Jahon chempionati-2022” va “Osiyo kubogi-2023” qo‘shma saralash bosqichining qoldirilgan uchrashuvlari sanasini ma’lum qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, saralash o‘yinlari 8 oktabrdan qayta boshlanadi va 17-noyabr kuni 2-bosqich bahslariga yakun yasaladi.
7-turni dam olish sifatida o‘tkazib yuboradigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralashdagi o‘z yurishini 13 oktabr kuni Yamanga qarshi bahs bilan davom ettiradi.

Milliy jamoa 12-noyabr kuni o‘z maydonida Singapurni qabul qilsa, 17-noyabrda bo‘lib o‘tadigan so‘nggi tur bahsida Saudiya Arabistoni mehmoni bo‘ladi.

7-tur, 8-oktabr
Saudiya Arabistoni - Yaman
Falastin – Singapur

8-tur, 13-oktabr
Singapur - Saudiya Arabistoni
Yaman – O‘zbekiston

9-tur, 12-noyabr
O‘zbekiston - Singapur
Saudiya Arabistoni – Falastin

10-tur, 17-noyabr
Falastin – Yaman
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2022 saralash bosqichi: O‘zbekiston MTJ o‘yinlari sanasi ma’lum qilindi