20:00 / 10.06.2020
2 977

Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinlari yangi sanasi ma’lum qilindi

Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinlari yangi sanasi ma’lum qilindi
Foto: Getty Images
UYEFA 2019/20 yilgi Chempionlar ligasi mavsumini yakunlash bo‘yicha reja ishlab chiqdi. Taqvimning yangi sanalari 17 iyun kuni tashkilotning ijroi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda, deya yozadi AS.

Manbaning qayd etishicha, YECHL nimchorak final javob bahslari 8-9 avgust kunlari o‘tkazilishi mumkin. 12 avgust kunidan esa Lissabonda 8 ishtirokchi jamoadan iborat bitta pley-off bahsi formatidagi mini-turnir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘yinlar «Joze Alvalade» va «Eshtadiu da Lush» stadionlarida muxlislarsiz o‘tkazilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, turnirning chorak final bosqichiga «Pari Sen-Jermen», «Atletiko», «Atalanta» va «RB Leypsig» klublari chiqib bo‘lishdi.

1/8 final bosqichning qolgan to‘rt o‘yinda esa javob bahslari o‘tkazilishi kerak: «Real» – «Manchester Siti» (birinchi o‘yin — 1:2), «Chelsi» – «Bavariya» (0:3), «Lion» – «Yuventus» (1:0), «Napoli» – «Barselona» (1:1).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinlari yangi sanasi ma’lum qilindi