13:33 / 11.06.2020
2 658

Dibala tufayli “Yuventus”dan to‘rt futbolchi ketadi

Dibala tufayli “Yuventus”dan to‘rt futbolchi ketadi
“Yuventus” argentinalik hujumchi Paulo Dibala bilan yangi shartnoma tuzish va uning talabidagi maoshni to‘lay olish qobiliyatiga ega bo‘lish uchun to‘rt futbolchini transferga qo‘yadi.

Turin klubi rahbarlari 26 yoshli to‘purarga yiliga 12 million yevro maosh taklif qilmoqchi. Ular buni Adriyen Rabo, Gonsalo Iguain, Miralem Pyanich va Federiko Bernardeski transferidan keladigan mablag‘ evaziga amalga oshirmoqchi.

Hozir Dibalaga PSJ, “Real” va “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Yuventus” Krishtianu Ronaldu ketib qolishi mumkinligini inobatga olib, Dibalani asosiy hujumchi sifatida ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dibala tufayli “Yuventus”dan to‘rt futbolchi ketadi