22:26 / 12.06.2020
2 447

Yevropa Chempionlar Ligasining hal qiluvchi o‘yinlari qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Yevropa Chempionlar Ligasining hal qiluvchi o‘yinlari qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Foto: Google Images
UYEFA rahbariyati Yevrokuboklarning yakuniy bosqichi qayerda o‘tkazilishi borasida bir qarorga keldi, deya xabar bermoqda Sky Sport Italy.
Manbaga ko‘ra, Chempionlar Ligasi 1/4 finaldan boshlab Lissabon (Portugaliya)da o‘tkaziladi. 1/8 finalning qolgan javob bahslari esa odatdagidek mezbon jamoalar maydonida bo‘ladi.

Yevropa Ligasi esa Germaniya shaharlaridan birida o‘tkazilishi aytilmoqda.
Shuningdek, Yevropa Superkubogi o‘tkaziladigan joy ham ma’lum qilindi. Ushbu uchrashuvni Vengriyaning Budapesht shahri qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining chorak final bosqichiga PSJ, «Atletiko», «Atalanta» va «Leypsig» klublari yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan. Yana to‘rt ishtirokchi esa 1/8 finalning to‘rtta javob uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Bular «Real» — «Manchester Siti» (birinchi o‘yin 1:2), «Chelsi» — «Bavariya» (0:3), «Lion» — «Yuventus» (1:0), «Napoli» — «Barselona» (1:1).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Chempionlar Ligasining hal qiluvchi o‘yinlari qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi