08:13 / 14.06.2020
1 829

Mirjalol Qosimov: "Jamoamiz hozirgi paytda men xohlagan o‘yinni ko‘rsata oldi"

Mirjalol Qosimov: "Jamoamiz hozirgi paytda men xohlagan o‘yinni ko‘rsata oldi"
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - AGMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi o‘z fikrlarini bildirdi.
- Mirjalol Qo‘shoqovich, bugungi o‘yin haqida fikringiz?
- Bungacha oxirgi marta 13 mart kuni rasmiy uchrashuvda "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushgandik. Shundan so‘ng oradan uch oy o‘tib yana o‘yin o‘tkazdik. Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Birinchidan, mehmonda to‘p tepdik. Ikkinchidan, karantin baribir o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shunga qaramay yigitlarga rahmat, jamoam men xohlagan o‘yinni ko‘rsata oldi. Shu tempda davom etsak, o‘yindan o‘yinga yanada yaxshiroq bo‘lib boramiz. Shu o‘rinda jamoamiz muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman.

- Oradan 11 yil o‘tib AGMK Navoiyda g‘alaba qozondi. Bu statistikadan xabaringiz bormidi?
- Futbolda hamma o‘z ishini qilgani ma’qul. Mening vazifam jamoani bo‘lajak bahslarga tayyorlash. Jurnalistlarning ishi esa raqamlarni hisoblash va statistika yuritish. Shu bois doim ham statistikani kuzatib bora olmayman. Siz aytgan ma’lumotdan esa to‘g‘risi xabarim yo‘q edi. Lekin baribir eshitish yoqimli bo‘ldi.

- AGMK raqibga nisbatan ko‘p jihatdan kuchliroq ko‘rindi. Shunga qaramay faqat bitta gol urdi. Bu haqda fikringiz?
- Baribir qisqa fursat ichida zo‘r tayyorgarlik ko‘rish qiyin. Ammo bugun o‘yinni boshqara oldik. Vaziyatlar yaratishda davom etsak, hali yana gollar bo‘ladi. Uch oy kuchli ritmda futbol o‘ynalmagani baribir o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ikkita chempionat orasida odatda jamoalar bir oy yoki yigirma kun dam olishadi. Hozir esa tanaffus uch oyni tashkil etdi va bu juda katta vaqt.

- AGMKning bu yilgi maqsadi qanday?
- Har bir uchrashuvda maydonga tushib jangovor o‘yin ko‘rsatish, g‘alaba qozonish va shu orqali olmaliqlik muxlislarni xursand qilish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Jamoamiz hozirgi paytda men xohlagan o‘yinni ko‘rsata oldi"