23:43 / 14.06.2020
1 783

O‘FA tuzilmasi OFK va UYEFA tavsiyalari asosida qayta ko‘rib chiqiladi

O‘FA tuzilmasi OFK va UYEFA tavsiyalari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Kuni kecha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar hisoboti va keyingi davrning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Abdusalom Azizov, O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zolari va futbol mutaxassislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda alohida o‘rin tutadigan futbol sport turini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan, o‘tgan 1 yil mobaynida O‘FA tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha umumiy hisobot tinglandi.

Yillik hisobot qo‘mita a’zolari tomonidan muhokama etilib, ijobiy baholandi va istiqboldagi vazifalarni samarali tarzda amalga oshirish bo‘yicha takliflar berildi. Futbol marketingi sohasini yanada rivojlantirish, futbolimizga homiylarni jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Ijroiya qo‘mita yig‘ilishida O‘FA tuzilmasini OFK va UYEFA tavsiyalari asosida qayta ko‘rib chiqish va yangi tahrirda qabul qilish, hududiy futbol assotsiatsiyalarining namunaviy tuzilmasi va ustavini tasdiqlash masalalari tahlil etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA tuzilmasi OFK va UYEFA tavsiyalari asosida qayta ko‘rib chiqiladi