22:14 / 15.06.2020
2 193

"Buxoro" katta murabbiyi: "Darvozamizga ikki marotaba yo‘q joydan penalti belgilandi"

"Buxoro" katta murabbiyi: "Darvozamizga ikki marotaba yo‘q joydan penalti belgilandi"
Coca Cola Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Andijon" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar katta murabbiyi Mirislom Hasanov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Uch oydan so‘ng futbol o‘ynadik. Bu katta ta’sir qildi. Legionerlarimiz pandemiya sabab yetib kela olishmadi. Shuning uchun yoshlarni maydonga tushirdik. Bollarga ham rahmat aytmoqchiman. Bugun yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Darvozamizga ikki marotaba yo‘q joydan penalti belgilandi.

"Mash’al" jamoasi barchasini professional tarzda sharoitlarni yaratib berdi. Dezinfeksiya ishlari va boshqa tashkiliy ishlarni a’lo darajada qilib berdi. Birinchi bo‘limda havo harorati juda issiq edi. Dastlabki 25 daqiqadan so‘ng futbolchilar moslashib olishdi.

Birinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik. Ikkinchi bo‘limda toliqib qoldik. Bizga g‘alaba kerak edi. Bir tomondan bollar hali tayyor emasdi. Hattoki, o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkazmadik. 8-9 kun davomida tayyorgarlik ko‘rdik
",- deydi Mirislom Hasanov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Buxoro" katta murabbiyi: "Darvozamizga ikki marotaba yo‘q joydan penalti belgilandi"