21:45 / 16.06.2020
3 169

Zamonamizning eng yaxshi bokschilari reytingi e’lon qilindi

Zamonamizning eng yaxshi bokschilari reytingi e’lon qilindi
“The Ring” jurnali davrimizning eng yaxshi og‘ir vazn toifasidagi bokschilar reytingini e’lon qilindi.

Unda birinchi pog‘onani hozirga qadar birorta ham jangda yutqazmagan britaniyalik 31 yoshli Tayson Fyuri egalladi. Reytingda ikkinchi o‘rinda uning hamyurti Dillian Uayt qayd etildi. Uchinchi pog‘onadan esa amerikalik bokschi Deontey Uaylder joy oldi.

Reytingda kuchli o‘nlikka, shuningdek, kubalik Lui Ortis, amerikalik Endi Ruis, rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin, Yangi Zelandiya vakili Jozef Parker, amerikalik Maykl Xanter, kolumbiyalik Oskar Rivas va bolgariyalik Kristian Pulev kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zamonamizning eng yaxshi bokschilari reytingi e’lon qilindi