09:07 / 17.06.2020
3 270

Mourino Shomurodovning to‘purarlar bahsida g‘olib chiqishiga yordam beradi. Agar ...

Mourino Shomurodovning to‘purarlar bahsida g‘olib chiqishiga yordam beradi. Agar ...
“Tottenxem”ni boshqarayotgan Joze Mourino yozda “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyuba va PSJ himoyachisi Toma Myoneni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Har ikki futbolchining shartnomasi yozda nihoyasiga yetadi va London klubi ularni bepul qo‘lga kiritish imkonidan foydalanib qolmoqchi. “Tottenxem” rossiyalik hujumchini qishdan buyon transfer qilmoqchi bo‘lyapti.

Artyom Dzyuba besh yildan buyon “Zenit” sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda 21 ta o‘yinda 13 ta gol urgan hujumchi “Rostov”da o‘ynayotgan Eldor Shomurodovning to‘purarlar bahsidagi asosiy raqobatchisi hisoblanadi. Agar Mourino Dzyubani Angliya chempionatiga ko‘chira olsa, o‘zi bilmagan holda Eldor Shomurodovga to‘purarlar bahsida yordam bergan bo‘ladi.

O‘z navbatida, “Zenit” iqtisodiy vaziyat tufayli futbolchilarini sotishi ehtimoldan holi emas. Piterliklarning yana bir hujumchisi Sardor Azmunga “Arsenal” jiddiy qiziqmoqda.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino Shomurodovning to‘purarlar bahsida g‘olib chiqishiga yordam beradi. Agar ...